Shou.uz » Биография звезд » Alisher Fayz haqida

Alisher Fayz haqida

Автор: admin
  Комментариев: 0 Дата: 16 июн 2013
Alisher Fayz haqida


Alisher Fayz (Turdiyev Alisher Bahodirovich) 1984-yil 27-yanvarda Namangan viloyati, Chortoq shahrida tavallud topgan.
— 1994-2001 yillar davomida “Glier” nomidagi musiqa maktabida dutor bas mutahassisligi bo'yicha taxsil olgan.
— Ozodbek Nazarbekov ijodiga bo'lgan qiziqish Alisherni bo'lajak ustozi yoniga yetaklab kelgan.
— 2001-2005 yillarda O'zbekiston Davlat konservatoriyasida o'qish bilan bir qatorda ustozi ko'magida mustaqil ijod qila boshladi.
— Alisherni ilk bor 2005-yil 15-16 may kunlari ustozi Ozodbek Nazarbekov Yuragimda kuylaganim sen” deb nomlangan koncert dasturida katta sahnaga olib chiqdi va shu dasturda u o'zining “Meni kechir” nomli taronasini ijro etgan.
— 2007-yilda "Ko'ngil istab…" nomli ilk qo'shiqlar to'plamini Alisher Fayz taxallusi bilan muxlislarga taqdim etdi.
— 2008-yil 21-22 may kunlari "Istiqlol" san'at saroyida "Umidim sendan…" nomli ilk yakkaxon konsert dasturi muxlislar olqishiga sazovor bo'ldi.
— 2009-yilda "Nigohingga ol", 2010-yilda "Senga talpinib", 2011-yilda "Yaxshiyam siz bor", 2012-yilda "Sening bolangman!" nomli yakkaxon konsert dasturlarini muxlislarga taqdim etdi.
— Alisher Fayz ikki farzandning otasi. O'g'li Xolidbek va qizi Zinnuraxon.
— "Hayot – kichkina ko'rpachaga o'xshaydi, bir tomonini tortsang boshqa tomoni ochiladi…" deydi hayot to'g'risida.
— 2012 yil 27 avgust kuni Alisher FAYZ O'zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni bilan O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist unvoni ila taqdirlandi.
— Xonandalikdan tashqari iste'dodi: she'r yozadi, bastakor;
— Xobbisi: futbol to'plarini yig'ish;
— Yoqtirgan taomi: palovxonto'ra;
— Yoqtirgan rangi: barcha ranglar. Ajniqsa, oq va qizi;
— Sahnadagi odati: hayajonlanganidan qo'li bilan oyog'ini urib turadi;
— Shiori: "Ish boshqa, hayot boshqa".
Поделись друзьями! 
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.
Добавление комментария
Имя:*
E-Mail:
Введите код: *